18:37 / 23.01.2024
5607

AQSh elchixonasi noimmigratsion viza berish tartibi o‘zgarganini ma’lum qildi

Viza murojaatchilari suhbatga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida foydalanilgan DS-160 anketasini suhbat kuni ham taqdim etishi shart. 

Toshkentdagi AQSh elchixonasi 2024 yil 13 fevraldan boshlab, barcha noimmigratsion viza murojaatchilaridan suhbatga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida foydalanilgan DS-160 anketasini suhbat kuni ham taqdim etishini talab qiladi.  

Suhbatga farqli DS-160 anketasining tasdiqlangan sahifasi bilan kelgan murojaatchilar viza suhbatiga kiritilmaydi va ulardan suhbatga qayta ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi. 

«Siz suhbatga ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalangan DS-160 anketasi to‘liq to‘ldirilmagan yoki sezilarli xatolarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, u holda, yangi DS-160 anketa to‘ldirishingiz va anketaning yangi «barkod» raqamidan foydalangan holda, yangi suhbat kuni belgilashingiz kerak bo‘ladi», deyiladi xabarda. 

Qayd qilinishicha, agar anketaga faqat kichik o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lsa, u holda yangi anketa to‘ldirmasdan va qayta suhbat kuni belgilamasdan, viza suhbatiga kelish mumkin. Bunda elchixona xodimlari anketadagi kichik xatolarni to‘g‘rilashda ko‘mak berishi mumkin.

Top