11:57 / 23.01.2024
9822

O‘zbekiston qaysi hududlarida elektromobillar eng ko‘p va eng kam sotib olinayotgani aytildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023 yil uchun O‘zbekistonda avtomobil bozoridagi holat bo‘yicha sharhini e’lon qildi.

Foto: Getty images

Qayd etilishicha, 2022 yilda boshlangan avtomobillar savdosini oshirish bo‘yicha faol tendensiya 2023 yilda ham davom etdi. Yengil elektromobillar segmenti 4,3 barobar ko‘payib, yil davomida eng katta faollikni ko‘rsatdi.

2023 yilda O‘zbekistonda 379 mingta yangi yengil avtomobillar sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga o‘sgan. 2023 yilda 333 mingdan ortiq mahalliy yengil avtomobillar sotilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga ko‘p.

Bir yil ichida O‘zbekistonda haydalgan yengil avtomobillar savdosi 12,6 foizga o‘sib, 1,16 million donaga yetdi.

2023 yilda yengil elektromobillar savdosi 4,3 barobarga oshib, 25,7 mingta elektrokarni tashkil etdi.

Eng ko‘p elektromobillar poytaxtda - qariyb 71 foiz, eng kam elektrokarlar esa Surxondaryo viloyatida sotildi - 123 ta.

Top