13:15 / 25.01.2024
2506

Shavkat Mirziyoyev Ipak yo‘li fondi raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahridagi tadbirlar doirasida Ipak yo‘li fondi raisi Chju Tszyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Fond 2014 yilda Xitoy raisi Si Tszinpin tashabbusi bilan “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi va infratuzilmani rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun fond bilan birgalikda yaratilgan investitsiya platformasi imkoniyatlarini faol ishga solish orqali istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

Top