18:31 / 27.01.2024
7479

Tramp jurnalist ayol da’vosi bo‘yicha 83,3 million dollar tovon puli to‘lashga hukm qilindi

Elizabet Jin Kerroll siyosatchini tuhmat va jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan edi.

Elizabet Jin Kerroll Foto: Michael M. Santiago/Getty Images

Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati jurnalist Elizabet Jin Kerrollning Donald Trampga nisbatan tuhmat to‘g‘risidagi da’vosi bo‘yicha hukm chiqardi - sobiq prezident 83,3 million dollar tovon to‘lashi kerak.

2019 yilda Kerroll 90-yillarning o‘rtalarida Tramp bilan bo‘lgan voqeani e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, milliarder unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan. Bunga javoban Tramp Kerollni tanimasligini va «o‘zining didiga mos emasligini» aytdi.

2023 yil may oyida hakamlar hay’ati uni Kerrollga jinsiy tajovuzda aybdor deb topib, 5 million dollar jarimaga tortdi. Hukmdan keyin Tramp omma oldida Kerrollning so‘zlarini yolg‘on deb atadi.

Ikkinchi sud jarayonida hakamlar hay’ati Tramp bayonotlarini yomon niyatli deb topdi. O‘z qarorida ular Trampga Kerrollning obro‘sini to‘kkani uchun nafaqat tovon puli to‘lashni, balki qo‘shimcha 65 million dollar miqdorida jarima to‘lashni ham belgilashdi.

Tramp jarayonni «jodugar ovi» va «siyosiy ta’qib» deb atadi va hukm ustidan shikoyat qilishini aytdi.

Mavzuga oid
Top