11:31 / 29.01.2024
18188

Quruvchilarning “obnal” va “o‘g‘irlik” qilishiga nima sharoit yaratayotgani aytildi

2023 yilda qurilish loyihalarida 3 trln so‘mlik keraksiz xarajatlarning oldi olingan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident yig‘ilishida qayd etilishicha, bugungi kunda loyiha tashkilotlari obekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilmoqda. Sababi, loyiha qancha qimmat bo‘lsa, loyihachi shuncha ko‘p pul oladi.

Shu bois, aksariyat loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqcha hashamat qo‘shib kiritilmoqda. Masalan, 2023 yilda loyihalarda 3 trln so‘mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olingan.

Ta’kidlanishicha, iqtisod qilishga kelganda quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda. Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘irlik” qilishiga, sifatsiz qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, “yashirin” qurilish materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.

Hokim va prokurorlar vaziyatga e’tiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qat’iy javobgarligi belgilandi.

Top