18:18 / 31.01.2024
7303

Qozog‘istonda tuxum narxi keskin oshdi

10 donasi 700-750 tanga bo‘lib turgan tuxum narxi so‘nggi haftada 100-150 tangaga oshgan.

Qozog‘istonda so‘nggi bir haftada tuxum narxi keskin oshgan. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda. 10 donasi 700-750 tanga bo‘lib turgan tuxum narxi 850 tangagacha ko‘tarilgan.

Savdo vaziri Arman Shakkaliyev ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida OAV xodimlari undan tuxum narxining keskin ko‘tarilishi sabablarini so‘rashgan.

Vazir vahimaga tushmaslikni, tuxum narxi oshishiga mavsumiy omillar sabab bo‘lganini aytgan.

Bizda 34 ta tovuq fabrika bo‘lib, ular bir yilda 5 mlrd 100 mln dona tuxum ishlab chiqaradi. Qozog‘istonda bir yilda 5 mlrd dona tuxum iste’mol qilinadi. Tuxum odatda yozda arzonlaydi, qishda qimmatlaydi. Ya’ni mavsumga qarab narxlar ko‘tarilib, tushadi. Shu uchun vahima qilish kerak emas” degan u.

Avvalroq, 2023 yilning so‘nggi ikki oyida Rossiyada tuxum narxi keskin ko‘tarilgandi. Joylarda 30 foizdan 50 foizgacha oshgani ma’lum qilingandi.

 

Mavzuga oid
Top