19:00 / 02.02.2024
11606

Osiyo kubogi-2023. Iordaniya Tojikistonni mag‘lub etib, dastlabki yarimfinalchiga aylandi

Osiyo kubogi-2023 chorakfinal bosqichidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv yakuniga yetdi.

«Ahmad bin Ali» stadionida o‘tgan bahsda Tojikiston milliy jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Taym qo‘shnilarimiz hujumchisi Shahrom Samiyevning 29-daqiqada jarohat olib, maydonni ko‘zda yosh bilan tark etgani bilan yodda qoldi.

Ikkinchi bo‘limda ham o‘yinda tengkurash kuzatilgan bo‘lsa-da, Mabatshoyev yakkama-yakka vaziyatda hisobni ochish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Ko‘p o‘tmay, iordaniyaliklarning burchakdan yetkazgan uzatmasi Vahdat Xanonovning avtogoli bilan yakunlandi – 0:1. Uchrashuv yakunigacha iordaniyaliklar hisobdagi ustunlikni saqlab qolishdi va dastlabki yarimfinalchiga aylanishdi.

Shu tariqa, Tojikiston milliy jamoasi turnirdagi debyutida chorakfinalgacha yetib keldi. Iordaniya yarimfinalda Janubiy Koreya – Avstraliya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Osiyo kubogi-2023. Chorakfinal

Tojikiston – Iordaniya – 0:1
Hakam: Fu Ming (Xitoy)
Gol: Vahdat Xanonov, 66 avtogol.
Iordaniya: 1.Yozid Abulayla, 3.Abdallah Nasib, 5.Yazan Al Arab, 8. Nur Al (Muhammad, 81), 9.Ali Olvan, 10.Musa At-Tamari, 11.Yazan Al Naymat, 13.Mahmud Al Mardi (Ibrahim Sami, 81), 14.Rojai Ayyed, 17.Salim Al Ajalin, 23.Ehson Haddad.
Tojikiston: 1. Rustam Yatimov, 2. Manuchexr Safarov, 6. Vahdat Xanonov, 2. Zoir Jo‘raboyev, 19. Axtam Nazarov, 17. Ehson Panjshanbe, 7. Parvizjon Umarbayev, 14. Alisher Shukurov, 10. Alisher Jalilov (Nuriddin Hamroqulov, 77), 15. Shervoni Mabatshoyev, 22. Shahram Samiev (Rustam Soirov 28, Alijon Ayni, 82).

Top