09:13 / 02.02.2024
4663

Yanvarda eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

Davlat statistika agentligi 2024 yilning yanvar oyi uchun palov indeksini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 29 500 so‘m bo‘lgan. Undan keyingi o‘rinlardan Buxoro (28 600 so‘m) va Samarqand (27 000 so‘mdan) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 19 700 so‘mdan sotilgan.

Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlari quyidagicha bo‘lgan:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 23 600 so‘m
  • Andijon viloyati – 24 400 so‘m
  • Buxoro viloyati – 28 600 so‘m
  • Jizzax viloyati –25 000 so‘m
  • Qashqadaryo viloyati – 26 500 so‘m
  • Navoiy viloyati – 24 000 so‘m
  • Namangan viloyati – 19 700 so‘m
  • Samarqand viloyati – 27 000 so‘m
  • Surxondaryo viloyati – 25 600 so‘m
  • Sirdaryo viloyati – 22 800 so‘m
  • Toshkent viloyati – 24 500 so‘m
  • Farg‘ona viloyati – 21 500 so‘m
  • Xorazm viloyati – 27 200 so‘m
  • Toshkent shahri – 29 500 so‘m
Mavzuga oid
Top