21:02 / 04.02.2024
13568

Chilida halokatli o‘rmon yong‘inlari. Qurbonlar soni 100 dan oshgan

Chilida o‘n minglab gektar maydonni o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. 100 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilingan.

Chilida o‘rmon yong‘inlari bir necha o‘n ming gektar maydonni qamrab olgan, olov tarqalishini sekinlashtirishning imkoni bo‘lmayapti, mamlakatda favqulodda holat rejimi joriy etilgan. 4 fevral kungi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida 112 kishi halok bo‘lgan, bu mamlakat uchun qurbonlar ko‘pligi bo‘yicha 2010 yildan buyon eng halokatli tabiiy ofat bo‘lmoqda, o‘shanda zilzila oqibatida 500 ga yaqin kishi halok bo‘lgandi. Yilning bu vaqtida Chilida o‘rmon yong‘inlari ro‘y berib turadi, ammo bu safar olov bir millionga yaqin kishi yashovchi Valparaiso viloyatidagi yirik aholi yashash manzillariga xavf solmoqda. «Vaziyat chindan ham o‘ta og‘ir», — degan Chili prezidenti Gabriel Borich maxsus videomurojaatida.

O‘rmon yong‘inlaridan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan Valparaiso viloyatidagi Vinya-del-Mar shahri aholisi. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar shahrida o‘rmon yong‘inlaridan ko‘tarilgan quyuq tutun va yonib ketgan uylar. 330 mingga yaqin kishi yashaydigan ushbu shaharga olov juda yaqin kelgan. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar chekkasida yonib ketgan avtomobillar. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
Valparaiso aholisi — bu Chilining eng ko‘p aholi yashaydigan qismi — xavfsiz joylarga ketishga urinmoqda, o‘rmon yong‘inlari maydoni tez kengaymoqda. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
90 ming kishi yashaydigan Vilya-Alemana ham yong‘in hududida qolgan. 2024 yil 2 fevral
Andres Pina / Aton Chile / AP / Scanpix / LETA
Valparaiso viloyati aholisini evakuatsiya qilishga harbiylar jalb etilgan. 2024 yil 2 fevral
Lucas Aguayo Araos / Anadolu / Getty Images
Valparaiso viloyati. 2024 yil 2 fevral
Lucas Aguayo Araos / Anadolu / Getty Images
Valparaiso viloyati. 2024 yil 2 fevral
Lucas Aguayo Araos / Anadolu / Getty Images
Vinya-del-Mar. 2024 yil 3 fevral
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar. 2024 yil 3 fevral
Rodrigo Garrido / Reuters / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar. 2024 yil 3 fevral
Sofia Yanjari / Reuters / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar. 2024 yil 3 fevral
Sofia Yanjari / Reuters / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar. 2024 yil 3 fevral
Lucas Aguayo Araos / Anadolu / Getty Images
Vinya-del-Mar. 2024 yil 3 fevral
Sofia Yanjari / Reuters / Scanpix / LETA
Vinya-del-Mar. 2024 yil 3 fevral
Rodrigo Garrido / Reuters / Scanpix / LETA
Vinya-del-Marda yong‘in tufayli do‘stini yo‘qotgan ayol. 2024 yil 3 fevral.
Esteban Felix / AP / Scanpix / LETA
Valparaiso viloyati. 2024 yil 2 fevral
Lucas Aguayo Araos / Anadolu / Getty Images
Mavzuga oid
Top