14:57 / 07.02.2024
24778

Hojimat Erkinov BAA klubiga o‘tdi

O‘zbekiston milliy va olimpiya jamoasi futbolchisi Hojimat Erkinov faoliyatini BAA chempionatida davom ettiradi.

Foto: Al-Vahda

Huquqiy jihatdan Rossiyaning «Torpedo» klubi a’zosi sanalgan 22 yoshli yarimhimoyachi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Paxtakor»da o‘tkazgan edi. O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo kubogidagi ishtirokidan so‘ng Erkinov Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Vahda» klubi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Futbolchi 15-raqam ostida o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, Erkinov Osiyo kubogi-2023da milliy jamoa safida 5 o‘yinda maydonga tushdi.

Mavzuga oid
Top