12:01 / 10.02.2024
9428

Toshkentda 2 yoshli qizchaning barmog‘i temir xalqaga tiqilib qoldi. Qutqaruvchilar yordamga borgan

Qizchani yaqinlari Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borgan, shifokor esa qutqaruvchilarni chaqirgan.

Foto: FVV

Toshkent shahrida qutqaruvchilar 2 yoshli qizga yordam ko‘rsatishdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9 fevral kuni soat 19:56da Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazidan Toshkent shahar FVBga 2022 yilda tug‘ilgan bolaning ko‘rsatkich barmog‘i temir jismga kirib qolgani va unga yordam kerakligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

FVV qutqaruvchilari shifoxonaga zudlik bilan yetib borgan. Qizaloqning barmog‘idagi temir jism maxsus asbob-anjomlar yordamida ehtiyotkorlik bilan olib tashlangan hamda u sog‘-salomat onasiga topshirilgan.

Mavzuga oid
Top