Jahon | 09:20 / 19.02.2024
8355
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya bosh vaziri: Biz barcha artilleriyani Ukrainaga topshirdik

Mette Frederiksen fikricha, Yevropa Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarlicha harakat qilmayapti. Daniya «barcha artilleriyasini» Ukrainaga topshirdi, dedi Skandinaviya qirolligi bosh vaziri.

Foto: THOMAS KIENZLE/AFP/Getty Images

Yevropa zudlik bilan o‘q-dorilarga muhtoj bo‘lgan Ukrainaga harbiy yordamni kuchaytirishi kerak. Bu haqda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen 18 fevral, yakshanba kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida (MSC) muhokamalar chog‘ida aytib o‘tdi.

«Biz ishonch hosil qilishimiz kerakki, shanba kuni (24.02.2024), bu urush boshlanganiga ikki yil to‘lganida, Ukraina ko‘proq yuklarni oladi», - deya hukumat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daniyaning Jyllands-Posten internet nashri. Frederiksenning aniqlik kiritishicha, u Kiyevni o‘q-dorilar, artilleriya, uzoq masofaga uchuvchi raketalar, uchuvchisiz uchoqlar va F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlash uchun koalitsiya doirasidagi ko‘makning kuchayishini nazarda tutyapti. 

Siyosatchi so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari «Ukraina uzoq muddatda Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lishi uchun Kiyevni qisqa vaqt ichida kerakli narsalar bilan ta’minlashi kerak». 

Ukrainaga Yevropadagi omborlardan qurol berishga chaqiriq 

Jyllands-Posten yozishicha, Mette Frederiksen Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli harakat qilmayapti, deb hisoblaydi: «U turli mamlakatlar omborlarida ko‘plab o‘q-dorilar va boshqa narsalar borligini ta’kidlaydi». 

«O‘z navbatida, Daniya o‘zining barcha artilleriyasini topshirdi. Do‘stlar, kechirasizlar, lekin Yevropada hali ham omborlarda o‘q-dorilar bor», - deb yozadi nashr Skandinaviya qirolligi bosh vaziriga tayanib. «Biz ishlab chiqarish haqida gapirmayapmiz, Chunki bizda qurol bor. Bizda hozirda kerak bo‘lmagan o‘q-dorilar va havo hujumidan mudofaa tizimlari bor. Biz ularni Ukrainaga topshirishimiz kerak». 

Mavzuga oid