13:50 / 25.02.2024
24794

Jizzaxda qoidani qo‘pol buzgan Cobalt haydovchisi odam o‘limiga sababchi bo‘ldi

Cobalt qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan va o‘z yo‘lidan kelayotgan Nexia-3ʼga urilgan.

Foto: Videodan kadr

Jizzax viloyati hududidan o‘tgan yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, A-376 xalqaro avtomobil yo‘lining 284-kilometrida Cobalt va Nexia-3 mashinalar o‘zaro to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-3 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

O‘tkazilgan surishtiruvda YTHga Cobalt haydovchisi sababchi bo‘lgani, u qoidalarni qo‘pol tarzda buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqani va o‘z yo‘lidan kelayotgan Nexia-3ʼga urilgani aniqlangan.

 

Top