O‘zbekiston | 07:29 / 27.02.2024
4405
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalarga uy ijaraga berganlar 44 mlrd so‘m imtiyozga ega bo‘ldi

Uy-joylarini talabalarga ijaraga bergani uchun 2023 yilda jismoniy shaxslar 44 milliard so‘mdan ortiq daromad solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijarasini qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish — tomonlarning huquq va majburiyatlari kafolati. Soliq organlarida ro‘yxatga olingan mol-mulk ijara shartnomalari va ular bo‘yicha soliqlarni to‘lash mulkdorga uy-joyni rasman ijaraga berish va daromad olish, ijaraga oluvchiga esa undan qonuniy foydalanish imkonini beradi. 

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish “E-ijara” xizmati orqali amalga oshiriladi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasidan olingan axborotlarga ko‘ra, 2023 yilda: 

yuridik shaxslar o‘rtasida 145 mingga yaqin ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara to‘lovlarining umumiy miqdori 5,3 trillion so‘mni tashkil etgan. Hisoblangan soliqlar esa 561,6 milliard so‘m;
jismoniy shaxslar o‘rtasida 386,8 mingta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijara to‘lovlarining umumiy miqdori 3,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Hisoblangan soliqlar 194,8 milliard so‘m;

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 44,4 milliard so‘m imtiyoz qo‘llangan.

Mavzuga oid