Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi
Superliga titul homiyligi masalasida Liga jami 5 ta kompaniya bilan muzokara olib bordi.
O‘zbekistondagi mashhur brendlardan biri bo‘lgan Artel Superliga titul homiysiga aylandi. Kompaniya hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi bu borada uch yillik kelishuvga erishgan.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, Liga daromadi yildan yilga o‘sib boradi. Bunda Superliga ishtirokchi klublari soni 2025 yildan boshlab 16 taga yetkazilishi hamda o‘yinlar soni 182 tadan 240 tagacha ko‘payishi ko‘zda tutilgan.
Superliga titul homiyligi masalasida Liga umumiy hisobda 5 ta kompaniya bilan muzokara olib bordi. Kelishuvning bir emas, bir necha yillik bo‘lishi hamda mazkur davr davomida Liga ishlab topadigan daromad masalasi Liga kun tartibida turdi. Muzokaralar yakunida Artel brendi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 5 yil davomida Superliga titul homiysi sifatida ishlab kelgan Coca-Cola Liga bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.
Avvalroq kompaniya O‘zbekiston kubogining titul homiysiga aylangani hamda qator ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
«Liga oldindagi uch yillik rejalarni o‘z ichiga olgan dasturga ega bo‘lib, bu yo‘lda homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ishonamizki, Artel bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik mamlakat ichki chempionati uchun xayrli bo‘ladi», deyiladi PFL matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
17:43 / 30.11.2024
Superliga. «Metallurg» «Nasaf»ni mag‘lub etib «Lokomotiv»ni Proligaga ravona qildi, OKMK o‘z tarixida ilk bor kumush medallarni qo‘lga kiritdi
19:03 / 18.11.2024
PFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
21:55 / 19.10.2024
Superliga o‘yini yarim soatga to‘xtab qoldi. PFL o‘yin komissarining IIB bo‘linmasiga olib ketilishi bo‘yicha bayonot berdi
12:13 / 17.06.2024