13:13 / 29.02.2024
13866

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 1 mlrd dollarlik 21ta loyiha ishlab chiqilyapti

Qozog‘istonning Kazinform xalqaro axborot agentligi portalida «O‘zbekiston – Qozog‘iston savdo aylanmasi so‘nggi yillarda 4 milliard dollardan oshdi» sarlavhali maqola e’lon qilindi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu O‘zbekiston delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar haqida ma’lumot taqdim etgan. Maqolada qayd etilishicha, vazir o‘z so‘zida Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri ekaniga ham urg‘u berdi.

«So‘nggi yillarda tovar ayirboshlash izchil o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Sanoat kooperatsiyasi sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Ayni payt umumiy qiymati 156 million dollarlik 12 qo‘shma loyiha ishga tushirilgan. Shuningdek, jami 1 milliard dollarlik 21 loyiha ishlab chiqilmoqda. 

O‘zaro savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish navbatdagi muhim vazifa hisoblanadi. Davlatlarimiz chegarasida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi foydalanishga topshirilishi ayni jarayonga salmoqli hissa qo‘shishini kutamiz», – deya Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri so‘zlaridan iqtibos keltirilgan manbada.

Top