13:28 / 29.02.2024
18354

O‘zbekistondan Kuvaytga chorva mollari eksporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin 

Mamlakat diplomatlari ko‘magida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bunyod Oxunov va Kuvaytning AlMawashi kompaniyasi raisi o‘rinbosari, savdo sektori rahbari Mo‘taz Yasin o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.

Foto: Kun.uz

«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda O‘zbekistondan chorva mollarining Kuvaytga eksportini yo‘lga qo‘yish hamda mazkur yo‘nalishdagi loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mo‘taz Yasin o‘zbek tomonini AlMawashi kompaniyasi faoliyati bilan tanishtirdi. Uning aytishicha, kompaniyaning Kuvaytda 20 million kv m maydonni egallagan ferma xo‘jaligi va 35 ta sotuv do‘konlari mavjud. Kompaniya yirik va mayda shoxli chorva hayvonlarini asosan Avstraliya va Janubiy Afrikadan sotib oldi.

Onlayn muzokaralar yakunida o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Kuvayt kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini uyushtirishga kelishib olindi.

Top