13:28 / 01.03.2024
1816

O‘zbekiston jinoyatchilikka qarshi kurashda sun’iy intellektdan foydalanishni boshlashi mumkin

O‘zbekiston elchixonasida Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi hamda Kyongbuk Milliy universiteti mas’ul xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bilan jinoyatchilikka qarshi kurashda sun’iy intellekt va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda keng ko‘lamli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishni yanada faollashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi. Janubiy Koreyaning sun’iy intellekt va axborotdan foydalanish bo‘yicha tajribasini chuqur va batafsil o‘rganish, jinoyatchilikka qarshi kurashda texnologiyalar, shuningdek, ushbu sohadagi hamkorlikning keyingi istiqbollarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning mart oyi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasining ushbu mamlakatga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasi tomoni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mutaxassislarini Janubiy Koreyada sun’iy intellekt va IT- sohalarida tayyorlash masalasida ham hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Top