09:46 / 01.03.2024
5977

O‘zbekiston tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2024 yil 1-7 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublika tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda qor ko‘chishi ehtimoli bor:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumanida.
Mavzuga oid
Top