07:40 / 01.03.2024
11360

Toshkentda maktabga qalbaki qurol bilan kelgan o‘quvchining onasi javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 142-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi maktabga qalbaki qurol bilan kelgani aks etgan fotosurati va xabar tarqaldi. 

Foto: Kun.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli umumta’lim maktabi 8-“B” sinf o‘quvchisi I.A. o‘yinchoq to‘pponchani beliga qistirib, sinf doskasi oldida turgan holatidagi fotosuratini Instagram sahifasiga joylagan

Keyinchalik bu fotosurat boshqa ijtimoiy tarmoq sahifalarida tarqalib, ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘lgan. 

Mazkur holatdan so‘ng maktab ma’muriyati tomonidan “Oqqo‘rg‘on” MFY inspektori, ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. O‘quvchining onasi holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga asosan javobgarlikka tortilgan. O‘quvchining o‘yinchoq to‘pponchasi mahalla inspektori tomonidan olib qo‘yilgan.

Top