Sport | 20:36 / 02.03.2024
29484
2 daqiqa o‘qiladi

«Pulni o‘zi sizni quvsin». Jahongir Ortiqxo‘jayev Superliga startidan oldin «Paxtakor» jamoasi bilan uchrashdi

«Paxtakor» klubi Superliga 1-turi doirasida 4 mart kuni Toshkentda «Surxon»ga qarshi o‘ynaydi. Chempionatdagi birinchi uchrashuv oldidan poytaxt klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev futbolchilar bilan uchrashdi.

«Paxtakor» futbol klubi raisi Jahongir Abidovich klubning Qibraydagi qarorgohiga tashrif buyurib, futbolchilar bilan mavsum oldidan suhbatlashgan.

«Bugun «Paxtakor» yangilandi. Sizlarni ko‘rib ko‘zim quvnayapti. 5-6 nafaringizni inobatga olmasa, barchangiz yoshsiz. Bunday imkoniyat har doim ham bo‘lmaydi. Futbolchining sportdagi hayoti qisqa. 2 yil qattiq mehnat qiling, pul sizni o‘zi quvsin. Men sizlar bilan hali katta loyihalarga qo‘l uraman. Endi klubning asosiy strategiyasi yoshlarni Yevropaga shu yerning o‘zidan sotish bo‘ladi. Bu esa terma jamoamiz uchun ham foyda. Hech qachon maydonda o‘zingizni xafa qildirmang», - deya Ortiqxo‘jayevning so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» mavsum oldidan bir qator yetakchilari bilan xayrlashib, jamoa yoshartirildi.

Mavzuga oid