22:51 / 05.03.2024
6124

Facebook va Instagram butun dunyo bo‘ylab vaqtincha ishlamay qoldi

Meta korporatsiyasining Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari butun dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi.

Foto: Getty Images

Jumladan, Facebook veb-saytiga kirishda muammolar yuz berdi, tizimga kirishning hech qanday usuli ish bermadi - ism va parollar qabul qilinmay qoldi. 

Shuningdek, ikkala ijtimoiy tarmoqning xabarlar lentasi yangilanmay qoldi. 

Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, shunga o‘xshash muammolar hamma joyda kuzatildi. Google xizmatlari, WhatsApp, Tik-Tok va boshqa mashhur saytlar faoliyatida ham uzilishlar yuz berdi.  

Keyinchalik, Facebook o‘z ishini tiklab oldi, Meta vaziyatni to‘g‘irlash ustida ishlayotganini ma’lum qildi. 

Hozircha, ijtimoiy tarmoqlardagi muammolar nima sabab tufayli yuz bergani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top