07:50 / 11.03.2024
5048

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan avtobusdan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari evakuatsiya qilindi. 

Foto: Videodan kadr

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, texnik nosoz avtobus Qorabutak-Komsomol-Qo‘stanay avtomobil yo‘lining 80-kilometrida to‘xtab qolgan. 

Qayd etilishicha, avtobusda O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan 17 nafar fuqaro bo‘lgan.

Ular yaqin atrofdagi qishloq masjidiga evakuatsiya qilingan. Fuqarolar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.

Top