07:30 / 11.03.2024
7653

Toshkentda avtobus yo‘nalishlaridan biri to‘xtatildi

Toshkent shahrida avtobus yo‘nalishlaridan biri 11 mart kunidan boshlab to‘xtatildi. 

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, Toshkent metropoliteni yerusti halqa yo‘lining Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) bekatlari 2024 yil 11 mart, dushanba kunidan ishga tushiriladi. 

Shu munosabat bilan, ushbu oraliqda vaqtinchalik faoliyat yuritayotgan “Toshshahartransxizmat”ning “12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 1m-sonli Qipchoq–Quruvchilar metrosi vaqtinchalik avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish 2024 yil 11 mart kunidan boshlab to‘xtatildi.

Ushbu avtobus yo‘nalishi 2 ta King Long rusumli avtobuslar asosida Turon va Quruvchilar metro bekatlarini o‘zaro bog‘lash maqsadida 2023 yilning aprel oyida vaqtinchalik harakatlanish uchun tashkil etilgan edi.

Top