09:51 / 13.03.2024
5107

Farg‘ona viloyatida kuchli yomg‘ir tufayli elektr tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi

Beshariq, Dang‘ara va O‘zbekiston tumanlari iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzilgan.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Kuchli yomg‘ir natijasida Farg‘ona viloyatidagi 6-10 kVli 11 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Beshariq, Dang‘ara va O‘zbekiston tumanlari iste’molchilari qisman (7 ming 500 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg‘ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Top