12:00 / 14.03.2024
2483

2 oyda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida 215 mlrd so‘m zarar yetkazildi

2024 yilning o‘tgan davrida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 215 mlrd 648 mln so‘m zarar yetkazilgan. 

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, 2024 yilning shu kuniga qadar 2 156 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. 

88 mln 529 ming metr kub tabiiy gaz (132 mlrd 701 mln so‘m) va 77 mln 366 ming kilovatt-soat elektr energiyasidan (82 mlrd 948 mln so‘m) noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 215 mlrd 648 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ikki oyda kriptoaktiv va mayning faoliyati bo‘yicha elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste’molchilarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 42 ta holat aniqlandi. Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan elektr ta’minoti korxonasi tomonidan jami 26 mlrd 82 mln so‘m (7 mln 999 ming kilovatt/soat) miqdori qayta hisob-kitob qilindi.

Top