13:16 / 14.03.2024
5369

Britaniya sog‘liqni saqlash tizimi o‘zbekistonlik hamshiralarga qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning NEU Professionals rekruting kompaniyasi direktori Edita Ozbek bilan onlayn tarzda uchrashdi.

Foto: «Dunyo» AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, Edita Ozbek migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan mamnun ekanligini bildirib, mamlakatdagi tibbiyot xodimlarini Britaniyada ish bilan ta’minlashga tayyorligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mutaxassislik darajasida ingliz tili kurslarini tashkil etish ta’kidlandi.

Muzokaralar natijasida mamlakatning sohaviy vazirlik va idoralari bilan manzilli muzokaralar tashkil etish uchun mazkur rekruting agentligi hamda Qirollik hamshiralik kolleji (Royal College of Nursing), Koventri universiteti (Coventry University), "Mutaxassis til kurslari" (Specialist Language Course), viza va immigratsiya vakillaridan iborat delegatsiyani 20-23 aprel kunlari O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Top