10:55 / 15.03.2024
2401

O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar BMT bosh kotibi Antonio Guterrishning bir qator muhim davlatlar va tashkilotlarning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari bilan Doha shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni muhokama qildilar

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish masalasi bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Tomonlar afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirish va bu boradagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligini ma’qulladi.

Turkiya elchisi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy yondashuvni ishlab chiqish va ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Mavzuga oid
Top