12:29 / 16.03.2024
8361

Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi

Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv oqibatida yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.

Foto: Videodan kadr

Sharof Rashidov tumanida yuk avtomobili bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH bugun soat 10:30lar atrofida Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 983-kilometrida sodir bo‘lgan. Yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi oqimini ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. Buning oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘inni o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda YTH yuzasidan tuman IIB JXX YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Toshkent markazida dvigatel qismidagi qisqa tutashuv sababli Matiz mashinasi yonib ketgandi

Top