Kelajakka qadam: Beeline Uzbekistan 16-stajirovka mavsumini boshladi
Mehnat haqi to‘lanadigan Bee Generation stajirovka dasturining keyingi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi! Bee Generation - jasur, g‘oyaviy va g‘ayratli talabalar uchun shiddatli karera boshlanishi.

Beeline Uzbekistan «Bee Generation»ning 16-mavsumi uchun arizalar qabul qilishni boshlangani haqida xabar beradi. Ushbu stajirovka dasturi talabalarga o‘z faoliyatini xalqaro kompaniyada boshlash va biznesning turli sohalarida qimmatli ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi.
Bee Generation IT, Digital-texnologiyalar, moliya, marketing, mijozlar tajribasi, B2C va B2B savdolari, HR, PR va yuridik yo‘nalish kabi turli sohalarni qamrab oladi. Intensiv amaliyot dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarining talabalari digital-operatorning biznes jarayonlariga sho‘ng‘ish, real loyihalarda ishtirok etish, real muammolarning yechimini topish va O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur professional ko‘nikmalarni rivojlantirish, qiziqarli muammolarni hal qilish hamda mutaxassislar va soha rahbarlari bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatiga qaratilgan.
Bee Generation dasturi mavjud bo‘lgan davrda 300 dan ortiq talaba amaliyot o‘tagan va ularning 40% dan ortig‘i kompaniyada ish o‘rnini muvaffaqiyatli egallagan. Bu ham talabalar uchun, ham kompaniyaning o‘zi uchun dasturning yuqori samaradorligi va ahamiyatliligidan dalolat beradi.
«Beeline Uzbekistan stajirovkasi yosh mutaxassislar uchun muvaffaqiyatli karera sari ilk qadam bosish, qimmatli ish tajribasiga ega bo‘lish va kasbiy mahoratini kengaytirish imkoniyatidir. Bizga qo‘shiling va O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasining kelajagini shakllantirayotgan jamoaning bir qismiga aylaning!» — deya ulashadi Sofiya Gaynutdinova, Beeline Uzbekistan xodimlar, tashkiliy rivojlanish va ma’muriy qo‘llab-quvvatlash direktori.
Bee Generation dasturida ishtirok etish uchun arizalar kompaniyaning rasmiy saytida 18 aprelgacha qabul qilinadi. Bu yosh mutaxassislar uchun o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli va xalqaro kompaniyada boshlash, soha mutaxassislaridan qimmatli tajriba va bilim olish uchun noyob imkoniyatdir.
Bee Generation amaliyot dasturi haqida tafsilotlarni digital-operator saytidan biling.
***
Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
-
Havo sharlari yordamida Le-Burjye aviasaloni o‘tkazilishini buzmoqchi bo‘lgan faollar hibsga olindi
Jahon | 22:13 / 22.06.2025
-
Isroil armiyasi Eronning 4 ta tumanidagi harbiy obektlarga hujum qildi
Jahon | 21:07 / 22.06.2025
Mavzuga oid

11:41 / 11.06.2025
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi

16:00 / 23.10.2024
Beeline Academy nufuzli EMBRAS World mukofotini qo‘lga kiritdi

18:00 / 31.07.2024
Beeline TV EURO 2024 bo‘yicha 4 million tomosha to‘pladi

14:55 / 18.06.2024