12:12 / 20.03.2024
4763

O‘zbekistonda qotillik uchun qidiruvga berilgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: IIB

Samarqand viloyati hududida qotillik jinoyatini sodir etgan qidiruvdagi shaxs Qozog‘iston hududida qo‘lga olindi. 

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, Samarqand shahri Qadoqchilar ko‘chasida yashagan R.G.ga nisbatan qotillik jinoyatini sodir etib, tergov organlaridan yashiringan 29 yoshli fuqaro O.A. olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Qozog‘iston hududida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top