08:15 / 20.03.2024
12360

Toshkentda BMW yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Poytaxtning Yunusobod tumanida BMW ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

2024 yil 20 mart kuni soat 03:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi, 7-sonli shahar klinik shifoxonasi qarshisida BMW rusumli avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan va 7-8 marta ag‘anagan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtoulov haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.


 
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Top