Jahon | 14:37 / 21.03.2024
6744
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR yangi gipertovushli raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In boshchiligida o‘rta masofaga uchuvchi gipertovushli raketani jihozlash uchun qattiq yonilg‘ida ishlaydigan reaktiv dvigatel sinovi o‘tkazildi. 

Foto: KCNA via REUTERS

Shimoliy Koreya yangi o‘rta masofaga uchuvchi gipertovushli raketa bilan jihozlashni rejalashtirayotgan ko‘p bosqichli qattiq yonilg‘idagi reaktiv dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar berdi Koreya markaziy axborot agentligi (KMAA) 20 mart, chorshanba kuni. 

Unga ko‘ra, bir kun avval KXDR shimoli-g‘arbidagi Soxe poligonida o‘tkazilgan sinovlarni mamlakat rahbari Kim Chen In boshqargan. «Ushbu raketa tizimining qiymati QBR (qit’alararo ballistik raketa)dan kam emas va buni dushmanlar yaxshi biladi», dedi Kim Chen In. 

KMAA ta’kidlaganidek, sinovlar o‘rta masofali gipertovushli raketa tizimlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish jadvalini belgilashga imkon berdi. 

BMT rezolyutsiyalarini buzish 

Yanvar oyida Shimoliy Koreya gipertovushli, manyovrli boshqariladigan kallakka ega qattiq yonilg‘i bilan ishlaydigan o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edi. 

Janubiy Koreya sinovni qoralab, buni Pxenyanga har qanday masofadagi ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazishni taqiqlovchi BMT rezolyutsiyalarining aniq buzilishi deb atadi. Bunday raketalar yadro kallaklari bilan jihozlanishi mumkin. 

Mavzuga oid