08:50 / 22.03.2024
4319

Andijon - Xonobod - Andijon yo‘nalishida shaharlararo poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi

2024 yilning 20 mart kunidan boshlab Andijon - Xonobod - Andijon yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. 

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

  • 6385-sonli Andijon - Xonobod yo‘nalishi: Andijon 10:30 - Xonobod 12:43;
  • 6386-sonli Xonobod - Andijon yo‘nalishi: Xonobod 14:15 - Andijon 16:30.

Bundan oldin Toshkentdan qatnovchi shaharlararo elektropoyezdlar uchun yagona tarif belgilangandi.  

Top