Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi o‘qildi – manba
“Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev sud hukmiga ko‘ra 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U noqonuniy tarzda qurol saqlashda ayblangandi.
Salim Abduvaliyevga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (O‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan.
“Salimboy”ga sud hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sud hukmi taxminan 19 mart kuni o‘qilgani aytilmoqda. Ammo shu paytgacha bu haqda rasmiy axborot berilmagan.
Manbaning ta’kidlashicha, Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida qo‘lga olinganlarning yana bir nechtasi bo‘yicha ish sudga chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, 73 yoshli tadbirkor Salim Abduvaliyev 2023 yilning dekabr oyi boshida o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlashda gumonlanib protsessual tartibda ushlangandi.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
17:49 / 06.12.2024