09:12 / 25.03.2024
3806

Soliq nizolarini sudgacha hal etish amaliyoti natijalari e’lon qilindi

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2024 yil 1 mart holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 88,1 mlrd so‘mlik 56 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.

Shundan: soliq auditi bo‘yicha - 77,8 mlrd so‘mlik 39 ta; sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 10,3 mlrd so‘mlik 17 ta.

Natijada:

  • 4,7 mlrd so‘mlik 6 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan;
  • 58,5 mlrd so‘mlik 36 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
  • 24,9 mlrd so‘mlik 14 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.
Top