10:12 / 27.03.2024
2812

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha AQSh Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov

Delegatsiya tarkibidan AQSh Vakillar palatasi a’zolari – Mayk Rojyers, Adam Smit, Salud Karbaxal va Veronika Eskobar o‘rin oldi. Ular Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan.

"Bugun biz O‘zbekistonning – AQSh strategik sherikligida yangi imkoniyatlarning ochilishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Amerikalik hamkorlarimizning nafaqat parlamentlararo do‘stlik rishtalarini rag‘batlantirishda, balki biznes aloqalarni rivojlantirishdan tortib, ta’limdagi sheriklikkacha bo‘lgan ko‘plab sohalarda ham qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz", dedi Baxtiyor Saidov.

Uning qayd etishicha, O‘zbekiston AQShning barcha shtatlari bilan, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor.

Top