18:43 / 02.04.2024
10364

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi qiymati ma’lum qilindi 

Ayni paytda temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yangilanmoqda. 

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini boshlashga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov ma’lum qildi. 

«Barcha jarayonlar yakunlandi va bu yil biz Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanishini kutmoqdamiz. Bu bizga Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Kaspiy dengizini o‘z ichiga olgan, O‘rta yo‘l deb ataladigan yo‘lga chiqish imkoniyatini beradi. U bizni dengizga, Yevropaga – global va boshqa tarmoqlar, temir yo‘l liniyalari va dengiz yo‘llariga olib chiqadi. Qirg‘iziston nihoyat dengizga chiqa olmagan davlat maqomini yo‘qotadi», dedi Japarov. 

Unga ko‘ra, ayni paytda temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yangilanmoqda. 

«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishiga 8 milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘naltiriladi», deb qo‘shimcha qildi Japarov.

Mavzuga oid
Top