18:08 / 04.04.2024
5345

Lukoyl O‘zbekistondagi AYoQSh tarmoqlarini kengaytirmoqda

Foto: Lukoyl

LUKOYL jamoasi poytaxtdan 12 kilometr uzoqlikdagi Toshkent — Samarqand hududining O‘zbekiston M39 avtomagistralida, ikkita ko‘p tarmoqli yoqilg‘i quyish shoxobchasini foydalanishga topshirdi. Tantanali ochilish marosimida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ham ishtirok etdi.

AYoQShning umumiy qurilish maydoni ikki gektarga yaqin yerni tashkil etadi. AYoQSh hududi atrofida do‘kon, ovqatlanish havzasi, sport va bolalar maydonchasi joylashgan. 

LUKOYLning keng funksiyali AYoQSh majmualari, xalqaro standartlarga asoslanib, mahalliy mintaqaviy xususiyatlarni inobatga olgan holda iqlim sharoitiga moslashtirilgan. Bekat hududi namozxona hamda yopiq oynali dam olish ayvoni bilan jihozlangan, shuningdek, milliy taomlarni tayyorlash maqsadida tandir o‘rnatilgan.

Yoqilg‘i quyish shoxobchasi faoliyatini tartibga solish bo‘yicha ishlar xalqaro avtomagistrallardagi transport oqimini hisobga olgan holda amalga oshirildi – sutkaviy 40 mingdan ziyod avtomobillar harakatlanishi inobatga olingan. Toshkentdan O‘zbekistonning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lmish – Samarqand yo‘lida haydovchilar dam olishlari va avtomobillariga LUKOYL yoqilg‘isining yuqori sifatli turlari, jumladan, EKTO-100 yoqilg‘isini quyishlari mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

 
Top