07:20 / 04.04.2024
5448

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Namanganda sezildi

Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida zilzila kuchi 2 ballni tashkil etgan. Zilzila episentri Toshkentdan 261 km shimoli-sharqda.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 4 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:43 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 41,88 gradus shimoliy kenglik; 72,24 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4 Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 261 km shimoli-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 81 km;
  • Chortoq tumanida 2 ball, 91 km.
Top