09:30 / 08.04.2024
11124

Toshkentga to‘rt vagonli 2 ta metro poyezdi olib kelindi

2024 yil may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalashtirilgan. 

Foto: Toshkent metropoliteni

Bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahriga to‘rt vagonli 2 ta yangi zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» xabar bermoqda.

Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

2024 yil may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.

Top