O‘zbekiston | 14:30 / 09.04.2024
3265
1 daqiqa o‘qiladi

Tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli dorilar savdosiga chek qo‘yildi 

Tegishli hujjatlari bo‘lmagan va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Bojxona qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, F.M. xususiy korxonasi va ushbu korxonaga qarashli dorixonada tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 307,8 mln so‘mlik 218 turdagi dori vositalari mavjudligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Qo‘ng‘irot tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro G.M. fuqaro D.B.ga jami 720 ta kapsuladagi FATZORB PLUS va FATZORB TM PLUS nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4,6 mln so‘mga sotgani aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid