08:11 / 09.04.2024
2490

Toshkent viloyatida sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlik hamda kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop va sintetik dori vositalarining aylanmasiga qarshi kurashish borasida joylarda kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Foto: IIV

Xususan, Yuqori Chirchiq tumanida tungi xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari va hududiy profilaktika inspektori tomonidan Jumabozor hududida shubhali ko‘ringan 2000 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs (A.S. va S.J) to‘xtatib tekshirilgan.

Natijada, ushbu shaxslarning yonidan 28 dona qizil polietilen paketlarda qadoqlangan tarkibida faol giyohvand modda bo‘lgan (ekspertiza xulosasi) sintetik vositalar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.

O‘rganishlar davomida ular giyohvandlik vositalarni belgilangan joylarga yashirib, joylashuv manzilini mobil telefonlari orqali suratga olib buyurtmachiga yuborishi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Yuqori Chirchiq tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 273-modda 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top