Andijonda elektr ta’minoti korxonasi xodimi pora olayotganida ushlandi
Andijonda tadbirkordan ming dollar pora talab qilgan yuriskonsult ushlandi.
Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi yuriskonsulti G.E. «E.H.» MChJning 57 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani holati bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va to‘plangan hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlarga yubormasdan, yetkazilgan zararni yo‘q qilib berishni va’da qilgan.
Evaziga 1 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 400 AQSh dollari va 5 million so‘mni tanishi F.B. orqali olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 09.12.2024
200 dollarlik fotosurat, “ish bitirgan” kurka bolalari va qo‘shmachining “tanka”si – noodatiy poralar
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
12:07 / 30.11.2024
Davlat kadastrlar palatasining Yangihayot tuman filiali sobiq boshlig‘i 12 yilga qamaldi
14:48 / 17.11.2024