11:40 / 19.04.2024
51732

Jizzax viloyati IIB Xitoy fuqarosini qidiruvga berdi

U soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatlarini sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Foto: Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi 1994 yil Xitoy Xalq Respublikasida tug‘ilgan XXR fuqarosi Chen Lin Bingni qidiruvga berdi.

IIB xabariga ko‘ra, u Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Ardaxshon mahallasi hududida joylashgan “FESTON” XSI MChJ yotoqxonasida yashagan.

Chen Lin Bing O‘zbekiston Respublikasi JKning 184-moddasi (Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 3-qismi xamda 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan qidirilmoqda.  

Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar ichki ishlar organlariga yoki +99872-342-12-02, +99872-342-10-68, +99872-226-03-02, +99893-290-02-30 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishi so‘ralgan. 

IIB axborotida aytilishicha, ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir tutiladi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Mavzuga oid
Top