13:51 / 28.04.2024
12788

RF armiyasining navbatdagi raketa zarbasi Xarkivdagi psixiatriya shifoxonasiga yo‘llandi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 794-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi ukrainlarning 66 ta droni Krasnodar o‘lkasiga hujum qilgani haqida xabar berdi. Slavyansk-Kubandagi Slavyansk neftni qayta ishlash zavodi shikastlangan, uning faoliyati qisman to‘xtatilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, pilotsiz uchish qurilmalari Kushchevskaya stanitsasidagi harbiy aerodromga ham hujum qilgan.
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ittifoqchilarga frontdagi vaziyat «murakkabligi va keskinlashish tendensiyasiga egaligi» haqida aytgan.
  • Belgorod oblasti Shebekino okrugidagi Voznesenovk qishlog‘i hududida kamikadze dronlar hujumi oqibatida besh kishi, jumladan 17 yoshli qiz jarohatlandi.
  • Moskvada 16 yoshli o‘smirga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (uning shaxsi oshkor etilmagan), u go‘yoki «terrorizm targ‘ibotiga chaqirish»da ayblanmoqda. RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, u «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» faoliyatini qo‘llab-quvvatlagan.
  • Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma raketa zarbalari yo‘lladi. Lviv, Dnipropetrovsk va Ivano-Frankovsk oblastlarida issiqlik elektr stansiyalari, Xarkivda — ruhiy kasalliklar shifoxonasi binosi shikastlangan. Hujum vaqtida jami uch kishi jarohatlangan.

Xarkiv bo‘ylab zarba oqibatlari

27 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba yo‘lladi — Lviv, Dnipropetrovsk, Ivano-Frankovsk va Xarkiv oblastlari zarba ostida qoldi. Ukraina tomoniga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari 34 raketadan 21 tasini yo‘q qilgan.

Lviv, Dnipropetrovsk va Ivano-Frankovsk oblastlarida zarbalar energetika infratuzilmasiga berilgan, jabrlanganlar bor. Xarkiv oblastida raketa uchinchi psixiatriya shifoxonasiga kelgan — oyna, tom, oshxona korpusi, bo‘limlardan biri, qozonxona shikastlangan. 53 yoshli ayol jarohatlangan. Quyida shifoxonada hujum vaqti yuzaga kelgan holatlar aks etgan suratlar.

Xarkivdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasi bemorlari Rossiya zarbasi vaqtida yo‘lakda yashirinmoqda
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkivda yashovchi ayol psixiatriya shifoxonasining Rossiya raketasidan shikastlangan korpusi oldida
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Binodan butun qolgan buyumlarni olib chiqayotgan shifoxona xodimi
Anadolu / Getty Images

Liman yaqinidagi ukrain artilleriyachilari

Donetsk oblastidagi Liman Rossiya qo‘shini urush boshida egallab olgan shaharlardan biri bo‘lgan, Ukraina qurolli kuchlari uni 2022 yil kuzidagi qarshi hujum davomida qaytarib olgandi. Liman atrofida janglar davom etmoqda — quyida ukrain harbiylari ushbu shahar atrofidagi o‘z pozitsiyalarini qanday ushlab turgani aks etgan suratlar.

Ukrainaning 63-brigadasi jangchisi «Akatsiya» o‘ziyurar gaubitsasini o‘rmonda ko‘zdan panalamoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrainalik askar Liman atrofidagi pozitsiyadagi bunkerda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu / ddp / Vida Press

Poklonnaya gorada o‘lja qilib olingan harbiy texnikalar ko‘rgazmasi ochilishiga tayyorgarlik

Rossiyalik harbiylar Ukrainada tortib olgan zirhli transportyor. Bu 1 may kuni Moskvadagi G‘alaba parkida Ulug‘ vatan urushi yodgorlik kompleksida ochiladigan harbiy texnikalar ko‘rgazmasidagi eksponatlardan biri. RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, ko‘rgazmada frontdan o‘lja qilib keltirilgan 30 dan ortiq jangovar mashinalar namoyish etiladi
Natalya Kolesnikova / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top