17:00 / 29.04.2024
1863
Reklama

NBU'da biznes uchun hisob raqami: zamonaviy va qulay xizmat ko‘rsatish afzalliklariga baho bering

Biznesingizni rivojlantirishda ishonchli bank hamkori kerakmi? O‘zbekiston Milliy bankida biznesingiz uchun hisob raqam oching va zamonaviy hamda qulay xizmat ko‘rsatish afzalliklariga baho bering.

NBU’ni tanlashning ustunliklari:

1. Xavfsizlik va maxfiylik

NBU mablag‘laringiz va shaxsiy ma’lumotlaringizning ishonchli himoyasini ta’minlaydi. Xavfsizlik —biznesingiz uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini biz yaxshi tushunamiz.

2. Tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish

Bizning tajribali xodimlarimiz sizga bank xizmatlaridan foydalanishga hamda barcha masalalarni zudlik bilan hal qilishga yordam beradilar Biz sizning vaqtingizni qadrlaymiz.

3. Keng xizmat ko‘rsatish ko‘lami

NBU biznesingizni rivojlantirish uchun turli xil mahsulotlar va xizmatlarni taklif etadi. Bunga hisob-kassa xizmatlari, kreditlash, bank kafolatlari va boshqalar kiradi.

4. iBank va mobil ilovaga bepul ulanish

Moliyalarni nazorat qilish uchun zamonaviy vositalardan foydalangan holda bank bilan bog‘liq ishni soddalashtiring. iBank va mobil ilova bank hisob raqamingizni yanada samarali boshqarishda yordam beradi.

5. Kichik va o‘rta biznes uchun qulay sharoitlar

NBU biznesning barcha segmentlari uchun hisob-kassa xizmatlarini taqdim etadi. Ularda mikrobiznes va startaplar uchun abonent to‘lovsiz qulay tariflar, shuningdek, katta pul aylanmasiga ega bo‘lgan o‘rta va yirik biznes uchun qulay shart-sharoitlar mavjud.

NBU biznes olamiga endigina qadam qo‘yayotgan yosh tadbirkorlar uchun «0» tarifini taklif etadi. Tarif quyidagi imtiyozlarni taqdim etadi:

• Abonent to‘lovi va ulanish narxi 0 so‘m.

• NBU ichida bepul pul o‘tkazmalari.

• O‘zbekiston bo‘yicha 50 million so‘mgacha pul o‘tkazmalari — komissiyasiz.

Shuningdek, NBU «Oqsaroy» va «Ark» tariflari shartlarini ham yangiladi. Endi siz biznesingizga mos keladigan tarifni tanlashdan oldin 30 kunlik paketlarni sotib olib, mahsulotlarni sinab ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekiston Milliy bankida biznesingiz uchun hisob raqam ochish va bank xizmatlaridan afzalliklaridan foydalanish imkonini qo‘ldan boy bermang. sme.nbu.uz rasmiy saytida biznes uchun hisob raqam ochish uchun ariza topshiring.

Mavzuga oid
Top