16:16 / 05.05.2024
7831

Gulistonda “Nexia”ning gazballoni portlab ketdi

Portlash kuchli bo‘lgani uchun mashina kichik bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Biroq hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Foto: Videodan kadr

Guliston shahrida yo‘l chetida turgan “Nexia” mashinasining gazballoni portlagan. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 4 may kuni soat 14:03 da fuqaro L.N. boshqaruvida bo‘lgan “Nexia” mashinasi Guliston shahar Do‘stlik mahallasi, Xondamir ko‘chasi yo‘l chetida to‘xtab turgan vaqtda unga o‘rnatilgan gazballoni portlagan.

Qayd etilishicha, hodisa sodir bo‘lgan vaqtda mashina salonida hech kim bo‘lmagan. Hodisada og‘ir turdagi tan jarohati olganlar yo‘q.

Hodisa jarayoni atrofdagi kuzatuv kameralaridan biriga muhrlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda portlashdan so‘ng mashina kichik bo‘laklarga bo‘linib ketganini ko‘rish mumkin.

Mavzuga oid
Top