10:45 / 08.05.2024
14462

Hindistonda o‘zbekistonliklar 5 kg oltin bilan ushlandi

Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi noqonuniy ravishda 5 kg oltin olib o‘tayotganda qo‘lga olindi.

Foto: Twitter / AirportGenCus

Hindistondagi Indira Gandi xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosidan 5 kilogramm oltin musodara qilindi

Dehli Bojxona xizmati xabariga ko‘ra, Dubaydan kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi aeroport bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ular 3,16 million rupiylik oltinni noqonuniy olib kirishga uringani aniqlangan.

Fuqarolar bojxona xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top