14:31 / 08.05.2024
2718

Kuvayt O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini kengaytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston elchisi Ayub Yunusov Kuvaytning Suma Fruits International kompaniyasiga tashrif buyurib, menejerlar Muhammad Husayn va Sulaymon al-Hamad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, suhbat avvalida Kuvayt vakillari mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, o‘zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirildi.

Kuvayt tomoni O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarini sotib olish uchun o‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistondan meva-sabzavotlarni Kuvaytga olib kelish bo‘yicha eng arzon va qulay transport-logistika yo‘llari xususida ham fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida Suma Fruits International kompaniyasi va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid
Top